Makler

Makler (nemischa: Makler) — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi vositachi; tovarlar, qimmatli qogʻozlar, xizmatlar va boshqa oldisotdisida vositachilik qiladigan shaxs. Birja maklerlari birja xodim lari tarkibiga kiradi, tovar seksiyalarida savdo qiladi. Birja aʼzolari boʻlgan ayrim maklerlar oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarni sotib oladi va sotadi, haridor va sotuvchi brokerlarining oldi-sotdi boʻyicha ogʻzaki kelishuvlarini roʻyxatga oladi. Makler kelishuvda qatnashgan tomonlarning har biridan oldisotdi qiymatining muayyan foizi miqdorida haq oladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search